» » Qiz o‘z otasi misolida balandlikdan qo‘rqish hissi qanaqa bo‘lishini ko‘rsatib berdi (video)

Qiz o‘z otasi misolida balandlikdan qo‘rqish hissi qanaqa bo‘lishini ko‘rsatib berdi (video)


Aleks ismli qiz balandlikdan qo‘rqadigan otasi jarlikdan pastga qarashga uringanini videoga oldi. Rolik YouTube’ga joylandi va tezda ommalashib ketdi, deb yozadi Afisha Daily.

Ma’lumki, akrofobiya (balandlikdan qo‘rqish)ga chalingan kishi balandlikning o‘zidan emas, balki pastga qulab ketish xavfidan qo‘rqadi. Aynan shu tufayli videoyozuv qahramoni jur’atini to‘plab, pastga — Atlantika okeani suviga qarash uchun Irlandiya g‘arbidagi Moxer qoyasi chetiga emaklab bordi.

U bir necha marta to‘xtadi va azobni davom ettirishni istamadi. Faqat kadr ortidagi qizning qo‘llab-quvvatlashlari natijasida u qoya chetigacha bora oldi. 214 metr balandlikdan suvni ko‘rgach, erkak darhol jarlik yoqasidan boshqa xavfsiz joyga emaklab qaytib bordi.

Foydalanuvchilar videorolik qahramonining jasoratidan zavqlandi va uning “texnikasi”ni maqtadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-08-2017, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют