» » Donald Tramp shoshilinch ravishda ta’tildan qaytishga qaror qildi

Donald Tramp shoshilinch ravishda ta’tildan qaytishga qaror qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp avvalroq ta’tilga chiqqan edi. U 14-avgust, dushanba kuni o‘zining Twitter’dagi sahifasida Vashingtonga qaytayotgani haqida xabar qoldirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

“Bugun ertalab Vashingtonga yo‘l olyapman. Ko‘p ishlar bor. Savdo va harbiy sohaga e’tibor qarataman” — deb xabar bergan AQSh prezidenti.

Avvalroq dushanba kuni Tramp xalqaro va ichki siyosatning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ishtirok etishi rejalashtirilgani haqida xabar berilgan.

4-avgust kuni Tramp prezidentlik lavozimiga kirishganidan so‘ng o‘zining birinchi ta’tiliga chiqib, Nyu-Jersidagi o‘ziga tegishli golf-klubga yo‘l olgan edi. Trampning u yerda 17 kun bo‘lishi kutilgan edi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-08-2017, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют