» » Jamila G‘ofurova “Shakira” bo‘lgani, allambalo raqsi va ochiq kiyingani yuzasidan e’tirozlarga javob berdi

Jamila G‘ofurova “Shakira” bo‘lgani, allambalo raqsi va ochiq kiyingani yuzasidan e’tirozlarga javob berdi


Aktrisa Jamila G‘ofurova “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.

Suhbat davomida aktrisa chet ellik estrada yulduzi Shakiraga taqlid qilib o‘ynagan allambalo raqsiga izoh berdi.

Biz bu klipni ekranlarga chiqarmoqchi emas edik, bu unaqa klip emas. Bu to‘y liboslari salonining reklamasi edi. Chet ellik xonandalarga taqlid qilish,  o‘xshatish loyihasi edi.

Kiyimlarimizga ham ko‘p e’tirozlar bildirildi, u kiyimning ochiq joylarida material bor edi. Hozirgi vaqtda bunaqa ko‘ylaklarni o‘zbek oilalarida hamma kiymoqda, bunaqa ko‘ylaklarni bitta biz kiyib chiqqanimiz yo‘q.

Men aktrisaman, menga Shakira bo‘lib bering deyishdi, men Shakirani hamma raqsini bilaman. Bu haliyam men o‘zimizning kanallarimizda berayotgan kliplarga mos holatda tushgan raqslarim bo‘ldi.

Bizlarga e’tiroz bildirganlar o‘zimizning telekanallarimizda xonandalarimizning kliplarini ko‘rishadi, ammo ularga indamaydi, chunki ularni doim ko‘rib kelgan. O‘sha xonandalarning klipida bundan battar raqslarni ham qilishadi, bundan battar kiyinishadi ham. Tomoshabinlar bizni bunday holatda ko‘rishmagani uchun shunday e’tirozlar bo‘ldi, deb o‘ylayman.

Jamila G‘ofurova, aktrisa

Jamila G‘ofurova bilan eksklyuziv intervyuning to‘lig‘ini quyida tomosha qilishingiz mumkin.

Aktrisa  suhbat davomida bolaligi, oilasi, “E’tirof” mukofoti, umuman aktyor va aktrisalarning mukofotlanish tartibi haqida e’tirozlari, ochiq kiyinishiga bo‘lgan e’tirozlar, Sevinch Mo‘minova raqobatchi bo‘lgan filmda kastingdan o‘ta olmagani haqidagi barcha savollarga ochiq-oydin javob berdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-08-2017, 05:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют