» » Liviya BMT oldidagi qarzdorligidan qutuldi

Liviya BMT oldidagi qarzdorligidan qutuldi


Liviya BMT budjetiga badal bo‘yicha qarzdorligini bartaraf etdi va Bosh assambleyadagi ovoz berish huquqini qaytarib oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Xalqaro tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterrishga ko‘ra, mamlakat badal bo‘yicha qarzdorlikni kamaytirish uchun zarur to‘lovni amalga oshirdi. Liviya uchun minimal to‘lov miqdori 6,5 million dollardan iborat edi.

Yil boshida Liviyadan tashqari yana to‘qqiz davlat: Vanuatu, Venesuela, Jibuti, Dominika, Yaman, Kabo-Verde, Marshall orollari, Papua- Yangi Gvineya va Sudan shunday holatga tushdi. 5 oy davomida ularning barchasi qarzni uzdi.

Gvineya-Bisau, Komor orollari, San-Tome va Prinsipi hamda Somali hamon BMT budjeti oldida qarzdorlar ro‘yxatida turibdi, biroq mazkur 4 davlatdagi og‘ir iqtisodiy vaziyatni inobatga olib, ular ovoz berish huquqidan mahrum etilmagan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-08-2017, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют