» » Tramp immigratsiya to‘g‘risidagi yangi farmonni imzoladi. Fuqarolari AQShga kirishi taqiqlangan mamlakatlar ro‘yxatida Iroq yo‘q

Tramp immigratsiya to‘g‘risidagi yangi farmonni imzoladi. Fuqarolari AQShga kirishi taqiqlangan mamlakatlar ro‘yxatida Iroq yo‘q


AQSh prezidenti Donald Tramp immigratsiya to‘g‘risidagi yangi farmonni imzoladi. “Kommersant” xabariga ko‘ra, hujjat Eron, Liviya, Somali, Sudan, Suriya va Yaman fuqarolariga AQSh hududiga kirish bo‘yicha takroran 90 kunlik cheklovni joriy etadi.

Ro‘yxatda Iroq yo‘q. Farmonda qayd etilishicha, mazkur mamlakat “alohida holat”ga tushadi — Iroq hukumati AQShga yo‘l olgan o‘z fuqarolari haqida axborot berish darajasini nisbatan yaxshilagan.

Shunga qaramay, farmonda belgilanishicha, chegarada Iroq fuqarolarini baribir alohida e’tibor kuzatish, ularning IShID yoki boshqa terrorchilik tashkilotlariga aloqasi yo‘qligini tekshirish zarur.

Yangi farmon bilan AQShda qochoqlarni qabul dasturi yana 120 kunga to‘xtatilgan. Mazkur chora AQSh qabul qilib bo‘lgan yoki qabul qilish majburiyatini olgan qochoqlarga nisbatan amal qilmaydi. Hujjat 16-martdan kuchga kiradi.

Tramp immigratsiya to‘g‘risidani birinchi farmonini 28-yanvar kuni imzolagan edi, biroq Sietldagi sudya 4-fevral kuni mazkur farmonning amal qilishini to‘xtatib qo‘yganidan so‘ng, hujjatga tuzatishlar kiritishga to‘g‘ri keldi.

AQSh Adliya vazirligi sietllik sudyaning qarori ustidan shikoyat qilgan, biroq San-Fransisko Apellyatsiya sudi vazirlik shikoyatini qanoatlantirmagan edi. Eski farmon Iroq, Eron, Liviya, Somali, Sudan, Yamandan kelayotgan muhojirlarning AQShga kirishiga to‘rt oyga, Suriyadan kelayotganlarning kirishini esa noma’lum muddatga cheklab qo‘ygan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-03-2017, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют