» » OAV: Iroq Trampning immigratsiya bo‘yicha yangi farmoniga kiritilmadi

OAV: Iroq Trampning immigratsiya bo‘yicha yangi farmoniga kiritilmadi


Iroq Trampning Qo‘shma Shtatlar hududiga kirishi man etiladigan davlatlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan immigratsiya bo‘yicha yangi farmonidan chiqariladi. Bu haqda The New York Times nashriga Vashington ma’muriyatidagi manba ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Gazetaga ko‘ra, yangi farmon AQShda barcha mamlakatlardan qochoqlar joylashtirilishiga vaqtinchalik taqiqni joriy etadi. Taqiq qancha davom etishiga aniqlik kiritilmagan. Sud tomonidan blokirovka qilingan avvalgi farmonda bu muddat 120 kun etib belgilangandi.

Ushbu farmonda suriyalik qochoqlarning AQShga kirishi noma’lum muddatga man etilgandi. Manbaning ta’kidlashicha, yangi hujjatda Suriyaga nisbatan bunday keskin yondashuv qo‘llanmaydi.

Avvalroq Associated Press Pentagon va Davlat departamenti Iroqning IShID bilan kurashdagi muhim roliga e’tibor qaratib, Oq uydan ushbu mamlakatga nisbatan pozitsiyani qayta ko‘rib chiqishni so‘ragani xabar qilingandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-03-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют