» » AQSh sudi Trampning immigratsiya bo‘yicha farmoni ijrosini to‘xtatib turishni rad etdi

AQSh sudi Trampning immigratsiya bo‘yicha farmoni ijrosini to‘xtatib turishni rad etdi


AQSh apellyatsiya sudi yangi farmon imzolangunga qadar prezident Donald Trampning immigratsiya bo‘yicha avvalgi farmonini to‘xtatib turishni rad etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

AQSh adliya vazirligi kuchda qolayotgan, biroq sud tomonidan bajarilishi taqiqlangan avvalgi farmon ijrosini to‘xtatishni so‘ragandi.

9-okrug apellyatsiya sudining 3 nafar sudyadan iborat kollegiyasi vazirlik so‘rovini qaytardi va ijro hokimiyati dalillarini taqdim etish uchun 10-martgacha muddat berdi.

Tramp oldingi hujjatni o‘zi ham shu haftada imzolanishi kutilayotgan yangi farmonida bekor qilishi mumkin. Adliya vazirligi sud tomonidan shunday ham ijrosi taqiq qilingan birinchi farmon bajarilishini to‘xtatishni talab qilgani sabablariga izoh bermadi.

Опубликовано: admin (28-02-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют