» » Kutilayotgan iPhone 8 ning 5 ta kuchli tavsifi (video)

Kutilayotgan iPhone 8 ning 5 ta kuchli tavsifi (video)


Va nihoyat iPhone 8 chiqdi!

Agar siz o‘tgan hafta yangiliklarini unchalik diqqat bilan kuzatmagan bo‘lsangiz, bunga ishonganingizni kechirish mumkin. O‘tgan payshanba kuni MacRumors portali yangi Apple (NASDAQ: AAPL) smartfonining ishonchli maketi namoyish etilgan videoni taqdim etdi, deb yozadi InsiderPro nashri.

“Bu kutilayotgan smartfonga juda o‘xshash. Barcha oshkor bo‘lgan ma’lumotlar bu dizayn mutlaqo to‘g‘ri taqdim etilganligini ko‘rsatadi”, — deydi videoni joylashtirgan Denni Uinget.

Flagman taxminan uch xil variantda — mis-tilla rang, kumush va qora ranglarda taqdim etiladi. Biroq rang asosiysi emas. Quyida yangi iPhone’ning eng yaxshi beshta funksiyasi (kutilayotgan) bilan tanishishingiz mumkin.

Ramkasiz ekran smartfon avvalgi o‘lchamlarini saqlab qolgan holda katta foydali maydonga ega bo‘lishini anglatadi. 5,8 dyyum diagonal bilan iPhone 8 undan avvalgi diagonali 4,7 dyyum smartfondan biroz kattaroq bo‘ladi, xolos. OLED texnologiyasi tufayli ramkalarni minimum darajagacha qisqartirishga erishildi, bu esa smartfonga takrorlanmas ko‘rinish bag‘ishlaydi.

Apple o‘z iPhone’larida eng yaxshi LCD-displeylardan foydalanadi, biroq ularning eng yaxshisi ham OLED bilan tenglasha olmaydi. Buni iPhone 7 Plus (LCD) va Google Pixel XL (OLED) ni taqqoslash orqali tekshirib ko‘rish mumkin. Keyingi smartfonning ekrani ko‘z uchun ko‘proq yoqimli. Bundan tashqari, OLED texnologiyalari LCD’dan ancha ustun: ular ekranlarni bukik, hatto egiluvchan qilish imkonini beradi.

Qurilmani yuzni tanish orqali blokirovkadan chiqarish texnologiyasi shubhasiz qulay: u gadjetni tez va qo‘llar yordamisiz ochish imkonini beradi. Agar iPhone 8 da bu funksiya hech qanday kamchiliksiz amalga oshirilsa, bu haqiqiy topilma bo‘ladi.

iPhone 8 ning shishadan ishlangan old va orqa paneli zanglamaydigan po‘latdan ishlangan sayqallangan ramkaga solingan. Bu juda chiroyli chiqsa kerak, biroq bunday dizayn uchun biroz qo‘shimcha haq to‘lash kerak bo‘ladi.

Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, iPhone 8 dagi yangi kamera soniyasiga 60 ta kadr tezlik bilan 4K shakldagi video olishga qodir. Biroq bu ham smartfonning yagona yangiligi emas.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-08-2017, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют