» » Qrimda qo‘poruvchilik ishlarida gumonlanib Ukraina fuqarosi qo‘lga olindi

Qrimda qo‘poruvchilik ishlarida gumonlanib Ukraina fuqarosi qo‘lga olindi


FXX xodimlari tomonidan Qrimda Ukraina fuqarosi bo‘lgan Gennadiy Limeshko qo‘poruvchilik harakatlariga tayyorgarlik ko‘rishda gumonlanib qo‘lga olindi, deb xabar berdi Meduza.

Ukrainalik fuqaro 12-avgustda qo‘lga olingan, biroq FXX bu haqida endigina xabar berdi. Maxsus xizmatning ta’kidlashicha, qo‘lga olingan shaxs Ukraina xavfsizlik xizmati xodimi va u Qrimning Sudak — Yangi nur trassasi hududida qo‘poruvchilikni uyushtirish vazifasi bo‘yicha harakat qilgan.

Limeshkoning vazifasi Qrimda elektr uzatgichlar tarmog‘ini uzish, yong‘in uyushtirish va avtomobil yo‘li yaqinida tog‘ jinslarining qulashini tashkillashtirishdan iborat bo‘lgan. Qo‘lga olish vaqtida uning yonidan trotil shashkalari, granata, arra va fotopparat aniqlangan.

FXX ma’lumotlariga ko‘ra, Limeshko Ukraina sharqidagi jangovar harakatlarda ishtirok etgan va Ukraina armiyasidagi harbiy qismlardan birining katta razvedkachisi bo‘lgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-08-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют