» » Toshkentda Birinchi Prezident Islom Karimov hayotiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma ochildi

Toshkentda Birinchi Prezident Islom Karimov hayotiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma ochildi


Toshkent Fotosuratlar uyida 15-avgust kuni O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma ochildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Madina Nurman ma’lum qildi.

Fotoko‘rgazmada Islom Karimovning hayoti va faoliyati sahifalarini aks ettirgan 39 ta saralangan fotosurat namoyish etilmoqda.

Xabar berishlaricha, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Toshkent shahar hokimligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligida tashkil etilgan bu ko‘rgazma 2017-yil 25-avgustga qadar davom etadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2016-yil 2-sentabr kuni 78 yoshida vafot etgan edi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-yanvardagi qaroriga muvofiq, 2-sentabr mamlakatda Islom Karimov xotirasi kuni deb e’lon qilingan edi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-08-2017, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют