» » Qo‘qon – Marg‘ilon – Andijon yo‘nalishidagi elektrichka kuniga ikki marta qatnay boshlaydi

Qo‘qon – Marg‘ilon – Andijon yo‘nalishidagi elektrichka kuniga ikki marta qatnay boshlaydi


8-avgustdan Qo‘qon – Marg‘ilon – Andijon yo‘nalishida elektrichka qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Uz24 xabar bermoqda.

Yo‘nalish bo‘ylab harakatlanish vaqti jami 3 soat 10 daqiqani tashkil etadi. Yetti vagondan iborat elektrichka bir vaqtning o‘zida 330 yo‘lovchini tashish imkoniga ega.

Poyezd ertalab soat 06:22 da Qo‘qon vokzalidan jo‘nab, soat 9:12 da Andijon vokzaliga yetib boradi. Yo‘l davomida elektrichka Qaqir, Furqat, Oltiariq, Marg‘ilon, Quva va Asaka bekatlarida o‘rtacha ikki daqiqadan to‘xtab o‘tadi. Poyezdning Andijondan jo‘nash vaqti soat 16:45 da, Qo‘qonga soat 19:30 da yetib boradi.

Xabarda qayd etilishicha, joriy yilning oktabr oyidan boshlab elektrichka qatnovlarini kuniga ikki marotaba amalga oshirish rejalashtirilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-08-2017, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 123) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют