» » OAV: 1987-yilda Tramp “mafiyaga aloqador”likda gumonlanib unga Sidneyda kazino qurishga ruxsat berilmagan

OAV: 1987-yilda Tramp “mafiyaga aloqador”likda gumonlanib unga Sidneyda kazino qurishga ruxsat berilmagan


Yangi Janubiy Uels politsiyasi 1987-yilda Avstraliyaning ushbu shtati hukumatiga Donald Trampni uyushgan jinoyatchilikka aloqasi borligi sabab uning kazino ochish borasidagi so‘rovini rad etish taklifini bergan. Bu haqda The Australian nashriga tayanib, “TASS” xabar berdi.

“Donald Trampning Sidneyda birinchi kazinoni qurish va uni boshqarish rejalari Yangi Janubiy Uels hukumati tomonidan, politsiya hisobotida amaldagi AQSh prezidentining mafiya bilan aloqasi borligi haqidagi ogohlantirish sabab rad etilgan”, — deya ma’lum qiladi gazeta.

Sidneyda kazino qurishga to‘rtta kompaniya guruhi kurash olib borgan, jumladan, o‘sha vaqtda Atlantik-Sitidagi kazinoga egalik qilgan Donald Tramp konsorsiumi va Avstraliyadagi Kern Corporation qurilish kompaniyasi.

“Atlantik-Siti — bu Sidney uchun shubhali model va bizningcha Kern-Tramp konsorsiumi Trampning mafiyaga aloqasi borligi sabab nomzodlar ro‘yxatidan chiqarilishi kerak”, — deya gazeta Yangi Janubiy Uels politsiya tomonidan tayyorlangan hisobotdan parcha keltirdi.

Shundan so‘ng Avstraliyaning ushbu shtati ma’muriyati kazino loyihasini amalga oshirishdan butunlay voz kechgan va 1997-yilga boribgina Sidneyda birinchi kazino ochilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-08-2017, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют