» » “Mag‘lub etib bo‘lmaydigan jamoa yo‘q”. Zidan va Valverdening Superkubokdagi El-Klasikodan keyingi fikrlari

“Mag‘lub etib bo‘lmaydigan jamoa yo‘q”. Zidan va Valverdening Superkubokdagi El-Klasikodan keyingi fikrlari


16-avgust kuni futbol bo‘yicha Ispaniya Superkubogi javob uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. “Barselona”ni dastlabki o‘yinda 3:1, javob o‘yinida esa 2:0 hisobida mag‘lub etgan “Real Madrid” o‘z tarixida o‘ninchi marta Ispaniya Superkubogi sohibiga aylandi.

Mazkur sovrin “Real Madrid” bosh murabbiyi Zinedin Zidan uchun yanada ahamiyatliroq — u jamoa ruliga kelganidan keyingi bir yarim yil ichida yettinchi sovrinni qo‘lga kiritdi va mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha, Visente Del Boskeni ortda qoldirgani holda, klub tarixidagi eng muvaffaqiyatli uchinchi mutaxassisga aylanib oldi

Ma’lumot uchun: Bungacha Zidan “Real” ustozi sifatida ikki marta Chempionlar Ligasi va Yevropa Superkubogida, bir martadan Ispaniya chempionati va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan edi.

Superkubokdagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlasharkan, Zidan bu shogirdlari bilan hali yana to‘rtta musobaqada g‘alaba qozonish istagi borligini ma’lum qildi.

Birinchi taym juda tomoshabop bo‘ldi. Biz juda faol o‘yin ko‘rsatdik va navbatdagi sovrinni qo‘lga kiritganimizdan mamnunmiz. Oldinda bizni uzoq davom etadigan mavsum kutib turibdi. Biz, xuddi o‘tgan yildagi kabi, chempionatda g‘olib chiqishimiz kerak. Sovrin uchun kurash so‘nggi lahzaga qadar davom etadi. Mavsumni sovrinlar bilan boshlaganimizdan xursandman. Bu futbolchilar bilan birga g‘olib chiqish yoqimli.

Superkubokdagi g‘alaba bilan biz bir davrni yakunladik va endi yangisi boshlanadi — oldinda yana to‘rtta musobaqa kutib turibdi. Oson bo‘lmaydi, biroq biz kurashga tayyormiz.

Zinedin Zidan, “Real Madrid” bosh murabbiyi

Superkubok javob uchrashuvi taqdiri, qaysidir ma’noda, 4-daqiqadayoq hal bo‘lib ulgurgan edi. Kataloniyadagi bahsda uchinchi golga mualliflik qilgan Asensio (qayd etish joiz, o‘sha ham istalgan “Gollar o‘nligi” bezagiga aylana olardi), javob o‘yinida supergol urdi. Futbolchilik faoliyati davomida o‘zi ham bir-biridan chiroyli gollarga mualliflik qilgan Zidan Asensioniki kabi gollarni yaxshi ko‘rishini tan oldi.

Nafaqat Asensio, balki butun jamoa a’lo o‘yin ko‘rsatdi — biz barchamiz bundan keyin ham g‘alaba qozonish istagidamiz. Hamma qatori menga ham bunday gollar juda yoqadi.

Zinedin Zidan, “Real Madrid” bosh murabbiyi

“Atletik Bilbao”dan jangovar jamoa tuzgan Ernesto Valverdening “Barselona”dagi debyuti ko‘p ham omadli chiqmadi — Neymarning shov-shuvli tarzda ketishi, Superkubokda ashaddiy raqibdan qabul qilingan alamli mag‘lubiyatlar. Lekin kataloniyaliklar ustozi kelajakka umid bilan boqmoqda.

Mag‘lub etib bo‘lmaydiganlar yo‘q. Agar gap sport haqida borayotgan bo‘lsa, shuni ishonch bilan aytish mumkinki, har qanday jamoa bir kuni kelib mag‘lubiyatga uchraydi.

Mag‘lubiyatga uchrasang va raqib sendan ustun kelganini anglasang, bu holda uchrashuvning faqat texnik jihatlarini baholamoq darkor. Ruhiy jihatdan biz faqat g‘alaba uchun tayyorgarlik ko‘rgandik, biroq o‘xshamadi. Endi biz ruhiy jihatdan tiklanib olishimiz kerak, bizda yaxshi jamoa bor va buning uddasidan chiqa olamiz.

Ernesto Valverde, “Barselona” bosh murabbiyi

Uchrashuvning 85-daqiqasida Luis Suares tizzasidan jarohat oldi. Kataloniyaliklar bungacha uchta futbolchini almashtirib bo‘lgani bois, urugvaylik hujumchi uchrashuv oxirigacha maydonda qoldi, o‘yindan so‘ng esa maydonni cho‘loqlangancha tark etdi.

Suares tizzasidan shikastlandi. Vaziyatga payshanba kuni aniqlik kiritiladi.

Ernesto Valverde, “Barselona” bosh murabbiyi

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-08-2017, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют