» » “Manchester Yunayted”ni taslim qilgan “Real” UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi

“Manchester Yunayted”ni taslim qilgan “Real” UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi


Kecha — 8-avgust kuni futbol bo‘yicha UEFA Superkubogi uchun o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda Yevropa Chempionlar Ligasining amaldagi holibi hisoblangan “Real”, Yevropa Ligasi chempioni “Manchester Yunayted”ga qarshi saf tortdi.

Makedoniyada kechgan o‘yin nufuzi jihatdan Yevropa klublarining birinchi raqamli musobaqasi g‘olibi bo‘lgan “Qirollik klubi”ning g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Kazemiro hamda Isko tomonidan urilgan gollarga, “mankunianlar” safidan yangi futbolchi — Romelu Lukaku javob qaytardi.

Shu tariqa “Real” Yevropa Superkubogida g‘olib chiqish bo‘yicha uchinchi jamoaga aylanib oldi. Hozirgacha Madrid jamoasi Superkubokni uch marta qo‘lga kiritgan. Bu ko‘rsatkich “Milan” va “Barselona”da 5 tani tashkil qiladi.

“Yunayted” ustozi Joze Mourinyo Yevropa Superkubogida uch bor o‘ynagan bo‘lib, barchasida imkoniyatni boy bergan. U bir martadan “Portu” va “Chelsi” bilan mazkur turnirda ishtirok etgan.

UEFA Superkubogi
Skopye, Makedoniya
8-avgust, seshanba

Gollar: Kazemiro, 24 (1:0). Isko, 52 (2:0). Romelu Lukaku, 62 (2:1).

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-08-2017, 06:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют