» » UEFA Madrid derbisini “Yunayted” — “Real” o‘yinidan keyin mashhur bo‘lgan Junayt Chaqirga berdi

UEFA Madrid derbisini “Yunayted” — “Real” o‘yinidan keyin mashhur bo‘lgan Junayt Chaqirga berdi


Ertaga — 10-may kuni Yevropa Chempionlar ligasining yarim final javob o‘yinida “Atletiko” va “Real” klublari o‘zaro maydonga tushadi.

“Visente Kalderon” arenasida bo‘lib o‘tadigan Madrid derbisini turkiyalik referi Junayt Chaqir boshqarib boradi. UEFA qaroriga ko‘ra unga qanotlarda Barish Shimshek hamda Ali Palabiyik yordam beradi.

“Championat.asia” bunda 2013-yilgi Yevropa Chempionlar ligasidan joy olgan “Manchester Yunayted” — “Real Madrid” o‘yinini yodga olgan. O‘shanda Chaqir bahstalab vaziyatda mezbonlardan Nanini chetlatib, Madrid klubining yarim finalga yo‘l olishiga ko‘maklashib yuborgandi.

Ma’lumot uchun, Madrid derbisining “Santyago Bernabeu”da o‘tgan birinchi o‘yinida “Real” Krishtianu Ronalduning xet-trigi evaziga 3:0 hisobida zafar quchgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-05-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют