» » Chempionlar ligasining yarim finaliga ertaga — 21-aprel kuni qur’a tashlanadi

Chempionlar ligasining yarim finaliga ertaga — 21-aprel kuni qur’a tashlanadi


Kecha — 19-aprel kuni Yevropa Chempionlar ligasining yarim finaliga yo‘llanma olgan barcha klublar nomi aniq bo‘ldi: “Real Madrid”, “Atletiko”, “Yuventus” va “Monako”.

Final ostonasidagi o‘yinlar 2—3-may kunlari bo‘lib o‘tadi. Javob bellashuvlari 9—10-may sanalariga tayin qilingan.

UEFA yarim final juftliklari masalasiga ertaga — 21-aprel kuni oydinlik kiritib beradi. Qur’a Toshkent vaqti bilan 15:00 da boshlanadi. Shu kuni tashkilot Yevropa ligasining yarim final juftliklarini ham aniqlab oladi.

Qur’a ko‘r-ko‘rona tashlanadi va unda istalgan klub istalgan boshqa biri bilan raqib bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasining o‘tgan yilgi finali Madrid derbisiga aylanib ketgandi. “Atletiko” va “Real” bu safar ham yarim finalga qadar yetib keldi. Hali hech bir klubga mazkur musobaqada ketma-ket ikki bor zafar quchish nasib qilmagan.

Опубликовано: admin (20-04-2017, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют