» » “Real”ga qarshi Yevropa Superkubogi oldidan “Yunayted” ikkinchi himoyachisini ham yo‘qotdi

“Real”ga qarshi Yevropa Superkubogi oldidan “Yunayted” ikkinchi himoyachisini ham yo‘qotdi


8-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan Yevropa Superkubogi oldidan Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi ikkinchi himoyachisidan ayrildi.

Avvalroq Yevropa ligasining yarim finalida Yon Gvidettining yuziga urgan Erik Bayi xalqaro maydonning uch o‘yiniga diskvalifikatsiya qilingandi. Endilikda UEFA Fil Jonsni 2 ta o‘yinga chetlatdi. Shu tariqa “Yunayted”ning asosiy himoyachisi Superkubokdan tashqari, Chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turini ham qo‘yib yuboradi.

UEFA “Yunayted” ma’muriyatini doping nazorati tartibini buzishda aybladi. Yevropa ligasining “Ayaks”ga qarshi o‘tgan final o‘yinidan keyin “mankunianlar”dan ikki futbolchi — Fil Jons hamda Deyli Blind doping testidan o‘tishi kerak edi. Biroq futbolchilar klub tomonidan ogohlantirilmagan, oqibatda ular reglamentni buzgan.

Shu tariqa UEFA har ikki futbolchini 5 ming yevrolik jarimaga tortdi. Klubning o‘zi alohida 10 ming yevro to‘lab beradi. Fil Jons esa qo‘shimchasiga ikki o‘yinda ishtirok etmaydi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (1-08-2017, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют