» » Shavkat Mirziyoyev maktabgacha ta’lim sohasini yanada rivojlantirish uchun nodavlat tashkilotlarni ham keng jalb etishga chaqirdi

Shavkat Mirziyoyev maktabgacha ta’lim sohasini yanada rivojlantirish uchun nodavlat tashkilotlarni ham keng jalb etishga chaqirdi


Bekobod shahrida tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shahar faollari va rahbarlari bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahri va Bekobod tumanida bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalari bilan to‘liq qamrab olish, bu tajribani O‘zbekistonning boshqa hududlariga tatbiq etish lozimligini ta’kidladi.

Mavzuga doir: Kun fotosi: Shavkat Mirziyoyev — bog‘chada. Bolakaylar — shirin uyquda

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Toshkent viloyatida 406 ta maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat olib boradi. Avvalroq Shavkat Mirziyoyevga Bekobod shahridagi “Shudring” nomli bog‘chaga tashrif buyurganida, maktabgacha ta’limda bola shaxsini rivojlantirishga qo‘yiladigan davlat talablarining asosiy yo‘nalishlari haqida so‘zlab berilgan edi.

Prezidentning Facebook’dagi sahifasida qoldirilgan xabarga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev sohani yanada rivojlantirishga faqatgina davlat muassasalari emas, balki nodavlat tashkilotlarini xam keng jalb etish lozimligini qayd etgan. “Shundagina 2018-yilga borib maktabgacha ta’lim muassasalari barcha bolajonlarni to‘liq qamrab oladi”, — deyiladi Prezident sahifasida xabarda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-08-2017, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 55) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют