» » Prezident Maduro tarafdorlaridan iborat Konstitutsiyaviy assambleya Venesuela parlamenti vakolatlarini zimmasiga oldi

Prezident Maduro tarafdorlaridan iborat Konstitutsiyaviy assambleya Venesuela parlamenti vakolatlarini zimmasiga oldi


Prezident Nikolas Maduro tarafdorlaridan tashkil topgan Venesuela Konstitutsiyaviy assambleyasi qonunchilik faoliyati bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi. Bu haqdagi tegishli qaror yakdillik bilan qabul qilindi, deya xabar beradi “TASS”.

Oldin bunday vakolatga faqat 2015-yilgi saylovlardan so‘ng muxolifat nazoratida bo‘lgan mamlakat Milliy assambleyasi ega edi.

“Konstitutsiyaviy assambleya mamlakatda tinchlik-barqarorlikni saqlab qolish uchun qonunchilik funksiyalarini bajarishni o‘z zimmasiga oladi”, — deyiladi bir palatali ta’sis organining Twitter’da joylashtirilgan xabarida.

Mazkur qaror mamlakat parlamenti tarqatib yuborilishini anglatishi bildirilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-08-2017, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют