» » Oliy sud binosining “darg‘azab olomon” tomonidan “shturm qilingani”ni inkor etdi

Oliy sud binosining “darg‘azab olomon” tomonidan “shturm qilingani”ni inkor etdi


Bir qator internet nashrlarida 15-avgust kuni Oliy sud raisi Kozimjon Komilov tomonidan o‘tkazilgan fuqarolarning shaxsiy qabuli davomida “darg‘azab olomon” tomonidan sud binosi “shturm qilinganligi” haqida xabarlar chop etildi. Oliy sud matbuot xizmati ushbu ma’lumotlarni inkor etdi.

Matbuot xizmatiga ko‘ra, shu kuni 9:30dan 21:00 gacha Kozimjon Komilov tomonidan fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy ishlar yuzasidan 100 dan ortiq kishi qabul qilindi. Shuningdek, 27 kishidan ariza va shikoyatlar olindi, 72 kishi turli masalalar bo‘yicha og‘zaki murojaat qildi.

Qabul chog‘i Oliy sud binosi darvozasi oldida kutib turgan bir necha fuqaro ichki ishlar va sud xodimlarining e’tiborini chalg‘itib, o‘zboshimchalik bilan navbatsiz qabulga kirish maqsadida binoga kirdi. Ular bino foyesida qabul tartibi haqida tushuntirish oldi, bir qismlari rais, qolganlari rais o‘rinbosari va sudyalar tomonidan qabul qilindi.

Matbuot xizmati rais va uning o‘rinbosarlari tomonidan fuqarolar qabuli har kuni amalga oshirilishini eslatib o‘tdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-08-2017, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют