» » Bugun Shohjahon Ergashev AQShdagi jang sari qadam tashlab, Moskvaga uchib ketadi

Bugun Shohjahon Ergashev AQShdagi jang sari qadam tashlab, Moskvaga uchib ketadi


O‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev sentabr oyida AQShda professional boksdagi 11-jangini o‘tkazadi. Raqib amerikalik Xose Rodriges.

AQShning Showtime telekanali bilan shartnoma imzolagan Ergashev aslida 4-avgust kuni okean ortidagi ilk jangini o‘tkazishi kerak edi. Biroq viza bilan bog‘liq muammolar sabab Shohjahon AQShga o‘z vaqtida yetib bora olmadi.

Bokschining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, u bugun — 21-avgust kuni Toshkent-Moskva yo‘nalishida parvoz qiladi. 10 kun davomida Rossiya poytaxtida mashg‘ulot o‘tkazib, shundan so‘ng AQShga yo‘l oladi.

Xose Rodrigesga qarshi jangning aniq sanasi hozircha noma’lum. Bunga qadar Shohjahon Ergashev professional boksda 10 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblarini nokaut qilishga muvaffaq bo‘lgan. Aksar janglarida raqiblar 1-raunddan uyog‘iga o‘ta olmagan.

Avvalroq Shohjahon Ergashev qo‘llarini operatsiya qildirgandi. 4-avgustdagi jangning surilgani bokschining mushaklari o‘zini to‘liq tiklab olishiga yordam berishi mumkin.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-08-2017, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют