» » O‘FF o‘z prezidentlik sayloviga 22 kun qolganida “tilga kirdi”. Bu esa uning nizomga zid

O‘FF o‘z prezidentlik sayloviga 22 kun qolganida “tilga kirdi”. Bu esa uning nizomga zid


O‘zbekiston futbol federatsiyasi hisobot-saylov konferensiyasiga 22 kun qolganida bu haqda ma’lum qildi. Bungacha tashkilot konferensiya haqida FIFA va OFKni xabardor qilgan bo‘lib, O‘zbekiston futbol jamoatchiligini bundan voqif etmagandi.

“Anhor.uz” nashri O‘FF nizomini yodga olib, hisobot-saylov konferensiyasi reglament bo‘yicha saylovga 6 hafta vaqt qolganida e’lon qilinishi kerakligini, vitse-prezident Sardor Rahmatullayev tashkilotning shaffof faoliyat olib borishi haqida aytgan bo‘lsa-da, aslida bunga amal qilinmayotganini qistirib o‘tgandi.

O‘FF matbuot xizmati O‘zbekiston milliy terma jamoasining Eronga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatidan keyin bosh murabbiy Samvel Babayanning kamida 5-sentabrga qadar o‘z lavozimida qolishi haqida aytgan bo‘lib, unga hisobot-saylov konferensiyasi sentabr oyida o‘tishini ilova qilgandi. Biroq bunda aniq sana ko‘rsatilmagan.

21-avgustga kelibgina O‘FF aniq sana haqida ma’lumot berdi. Bunga qadar futbol jamoatchiligi norasmiy manbalar orqali sanadan voqif bo‘lib ulgurgan, endilikda jamoatchilik O‘FF prezidentligi uchun nomzodlar bilan qiziqayotgandi. Reglamentga ko‘ra, tashkilot nomzodlar haqida ham allaqachon ma’lumot berishi kerak. Biroq 21-avgust kungi rasmiy xabarda bu haqda aytilmagan.

Xabarda yangi rahbariyat tarkibi, yangi strukturani tasdiqlash masalalari 12-sentabr kuni hal bo‘lishi aytilgan. Biroq prezidentlik uchun nomzodlar ko‘rsatilmaganidan kelib chiqilsa, bu masalalar kimlar tomonidan hal qilinishi mumkinligi yopiqligicha qolgan.

Bungacha shaffof ishlab kelinayotgani haqida aytib o‘tgan Sardor Rahmatullayev Xalqaro press-klubda O‘zbekiston futbolini rivojlantirishning yangi bosqichi ishlab chiqilayotgani haqida aytgandi. Bu bosqich amaldagi rahbariyat tomonidan saylovga bir necha kun qolganida ishlab chiqilgan. Yangi rahbariyat uni yoqlaydimi yoki amaldagi rahbariyat faoliyatini davom ettiradimi aniq emas.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-08-2017, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют