» » Dizayner o‘z studiyasini Valensiyadagi ko‘prik tagiga osib qo‘ydi (foto)

Dizayner o‘z studiyasini Valensiyadagi ko‘prik tagiga osib qo‘ydi (foto)


Ispaniyalik mebel dizayneri Valensiyada graffiti bilan bejab tashlangan ko‘priklardan birining ostida o‘ziga nanostudiya qurib oldi, deb yozadi Afisha Daily.

U yerda joy faqat bir kishiga yetsa-da, ammo ilhomlanish uchun kenglik cheksizdir, deyiladi xabarda. Bu yerda zarur narsalarning barchasi — ish stoli, stul, javonlar, fotoromlar va har ehtimolga qarshi ko‘rpa-yostiq ham bor.

Bir qarashda konstruksiya beton gumbazlar ostida havoda muallaq turganga o‘xshaydi, bularning barchasi esa ko‘proq ijodiy jarayonning imkonsizligi haqidagi installyatsiyani eslatadi. Aslida esa u yerda ijod qilishning juda ham imkoni bor: ish joyiga ko‘prikning qarama-qarshi uchidan metall va yog‘ochdan yasalgan mobil platforma kelgan, unda dizaynerning o‘zi o‘tirib, konstruksiyani oddiy dastak yordamida harakatga keltiradi.

Studiyani yaratishga ikki hafta vaqt ketdi. Avval mana bunday edi:

Mana bu suratlarni esa bugun ko‘plab me’morchilik (nafaqat) nashrlarda ko‘rish mumkin:

Studiyani o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingiz amri mahol: Abeyanas uning qayerda joylashganligini sir tutmoqda. Bunga avvalambor, vandallar va soliq inspeksiyasidan xavfsirashi  sababchidir. Shunga qaramay, uning Levrel dizayn agentligi ajoyib tarzda reklama qilindi: agar sizga ixcham va funksional mebel kerak bo‘lsa, shu yerga keling.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-08-2017, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют