» » Shavkat Mirziyoyev Bo‘zsuv ustidan qurilgan yangi ko‘prik bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Bo‘zsuv ustidan qurilgan yangi ko‘prik bilan tanishdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Yangi shahar va Bog‘ishamol ko‘chalarini tutashtiruvchi yangi ko‘prik bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mavzuga doir: Bo‘zsuv ustidan qurilgan va Yunusobodni Mirzo Ulug‘bek tumani bilan bog‘lovchi yangi ko‘prik bo‘ylab avtomobillar qatnay boshladi

O‘zAning yozishicha, Bo‘zsuv kanali ustidan qurilgan mazkur ko‘prik Toshkent halqa yo‘li va Amir Temur shoh ko‘chasida tirbandlikni kamaytirish, haydovchi va yo‘lovchilar ortiqcha vaqt va mablag‘ yo‘qotishining oldini olishni ta’minlaydi.

Umumiy uzunligi 423, balandligi 5,5, kengligi 33 metr bo‘lgan 8 polosali mazkur ko‘prik “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasiga qarashli “Ko‘prik qurilish tresti” tomonidan olti oyda qurib bitkazildi. Ko‘prikning ikki tomonida piyodalar uchun 2 metrli yo‘lak barpo etilgan.

Prezident bu yerda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishar ekan, yangi ko‘prikning Toshkentning Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarini tutashtirishdagi ahamiyati ulkan ekanini ta’kidladi. Ilgari ushbu tumanlardan bir-biriga avtomobilda 17—18 kilometr aylanib borilgan bo‘lsa, yangi ko‘prik foydalanishga topshirilgach, odamlarning uzog‘i yaqin bo‘ldi.

Bunday keng ko‘lamli va ezgu ishlar tufayli poytaxtimiz yo‘llarining xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligi tubdan yaxshilanmoqda. Mazkur yangi ko‘prik avtomobillarning o‘tish imkoniyatlarini bir necha marta oshirish barobarida aholiga bir qancha qulayliklar yaratadi. Mana shunday zamonaviy ko‘prikning qisqa vaqtda barpo etilgani mamlakatimizning jadal rivojlanib borayotgani, xalqimiz ulkan yutuq va marralarga erishayotganidan dalolatdir.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Mavzuga doir: Fotoreportaj: Bunyodkor—Muqimiy chorrahasidagi yangi ko‘prik

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-03-2017, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют