» » “Kalashnikov” maxsus topshiriqli bo‘linmalar uchun shovqinsiz elektr mototsiklni taqdim etdi

“Kalashnikov” maxsus topshiriqli bo‘linmalar uchun shovqinsiz elektr mototsiklni taqdim etdi


“Kalashnikov” konserni maxsus topshiriqli kuchlar uchun ishlab chiqilgan shovqinsiz elektr mototsiklini taqdim etdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Kompaniya avvalroq Facebook orqali ma’lum qilganidek, elektr mototsikl politsiyaning yo‘l-patrul xizmati va patrul-post xizmati bo‘linmalari uchun ishlab chiqilgan. Bunday mashina bir marta olgan quvvati bilan 150 km masofani bosib o‘tishi mumkin. Ilk nusxalar Moskva politsiyasiga avgust oxirida topshiriladi.

“Kalashnikov” konserni bosh direktorining marketing va savdo bo‘yicha o‘rinbosari Vladimir Dmitriyev taqdimotda ma’lum qilishicha, yangi mototsiklning texnologik bazasi imkoniyatlarni muayyan buyurtmachining ehtiyojlariga qarab sezilarli tarzda o‘zgartirish imkonini beradi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-08-2017, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 6) ( 0) ( 4) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют