» » O‘zbekiston milliy termasining Qirg‘izistonga qarshi o‘yini muxlislarsiz stadionda o‘tishi mumkin

O‘zbekiston milliy termasining Qirg‘izistonga qarshi o‘yini muxlislarsiz stadionda o‘tishi mumkin


JCh—2018 saralash bosqichining Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi kechadigan so‘nggi ikki tur o‘yini oldidan futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qirg‘izistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Uchrashuv 25-avgust sanasiga rejalashtirilgan.

“Championat.asia” nashrining O‘FF matbuot kotibi Sanjar Rizayevga asoslanib ma’lumot berishicha, uchrashuv muxlislarsiz stadionda bo‘lib o‘tadi. Avvalroq O‘FF Qirg‘iziston terma jamoasi “Bunyodkor” stadionida qabul qilinishi haqida aytib o‘tgandi.

O‘yin 25-avgust kuni “Bunyodkor” stadionida o‘tishi rejalashtirilgan. Bugun O‘FF va QFF o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Unda o‘yin stadioni o‘zgarishi mumkin. O‘rtoqlik uchrashuviga muxlislar kiritilmasligini Qirg‘iziston tomoni so‘ramoqda. Hozircha vaziyat shunday. Bugungi uchrashuvdan so‘ng O‘FF rasmiy saytida bu o‘yinga oid barcha rasmiy ma’lumotlar taqdim etiladi.

Sanjar Rizayev, O‘FF matbuot kotibi

Bungacha ham O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘izistonga qarshi Toshkentda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish borasida kelishuvga erishgan bo‘lib, bir yil oldin uni bekor qilgan va Ekvatorial Gvineya bilan kelishuvga erishgandi. Yakunda O‘zbekiston har ikki raqibdan ham quruq qolgandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-08-2017, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 119) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют