» » OAV uchun “O‘zbektelekom” AK Call-markaziga tanishuv sayohati uyushtirildi

OAV uchun “O‘zbektelekom” AK Call-markaziga tanishuv sayohati uyushtirildi


22-avgust kuni Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yiliga bag‘ishlab o‘tkaziladigan chora-tadbirlar doirasida “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan OAV uchun “O‘zbektelekom” AK Call-markazi — chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatuvchi yagona markaziga (ChXKYM) tanishuv sayohati uyushtirildi, deb xabar berdi “O‘zbektelekom” matbuot xizmati.

“O‘zbektelekom” AK Call-markazi kecha-kunduz rejimida ishlaydi va nafaqat kompaniya abonentlari chaqiriqlariga, balki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, Interaktiv Davlat Xizmatlari Yagona Portali (IDXYP) va boshqa qator vazirlik, idoralar va yirik kompaniyalarga murojaatlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi.

Sayohat davrida jurnalistlarga o‘zida tarixiy ma’lumotlar, ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati va statistik ma’lumotlarni jamlagan Call-markaz faoliyati haqida tadqimot o‘tkazildi.

Toshkent shahrida birinchi telefon ma’lumotnoma xizmati 75 yil ilgari tashkil etilgan. O‘sha davrda uni oddiygina qilib, “09 xizmati” deya atalgan. Shahar telefon tarmog‘i 5 mingdan ortiq abonentga xizmat ko‘rsatgan. “09 xizmati”dagi operatorlar ishi qo‘lda xizmat ko‘rsatish tamoyili asosida tashkil etilgan.

Chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatuvchi yagona markazi (ChXKYM) loyihasining navbatdagi bosqichi butun Respublika hududida kengaytirishdan iborat bo‘ldi. “O‘zbektelekom” AK uchun ChXKYMni joriy etish tegishli qo‘shimcha server uskunalarini, VoIP shlyuzlari va “O‘zbektelekom” AK viloyat filiallari kommutatorlarni o‘rnatishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, “O‘zbektelekom” AK har bir viloyat filiali bo‘yicha 10 tadan operator ish joyini kengaytirish ishlari amalga oshirildi.

“O‘zbektelekom” AK “Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi”da filiallar mutaxassislari texnik uskunalarni batafsil o‘rganish va kelgusida xizmat ko‘rsatish uchun o‘qitildi va tayyorlandi.

Bizning Call-markazda zamonaviy uskuna va dasturiy ta’minotlar o‘rnatilgan. Yangi raqamli uskunalar vaqtning bir birligida 3000 chaqiriqni qabul qila oladi, bu esa maksimal qisqa vaqt mobaynida ko‘p sonli abonentlarga xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Shuningdek, ularni favqulodda vaziyatlarda chidamliligini oshiradigan serverlarga uzluksiz ta’minot uzatiladi.

Jahongir Aripov, “O‘zbektelekom” AK texnik direktori

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-08-2017, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 46) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют