» » “O‘zbektelekom” provayderlar uchun internet xizmatlari tarifini arzonlashtirdi

“O‘zbektelekom” provayderlar uchun internet xizmatlari tarifini arzonlashtirdi


“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi 16-fevraldan mahalliy provayderlar uchun tashqi kanal internet xizmatlari tariflari 1 Mbit/sekund uchun 80,94 dollarga tushirilganini ma’lum qildi. Bu haqda “Infocom.uz” xabar bermoqda. 

Shu yilning o‘zida tariflar beshinchi marta arzonlashtirildi. Tariflar 2017-yil 1-yanvardan 1 Mbit/sekund uchun 91,07, 6-yanvardan 87,57, 10-yanvardan 86,85, 2-fevraldan 86,11 va 16-fevraldan 80,94 dollarga tushirildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili tariflar 12 marta tushirilgangan edi. 2016-yil yanvar oyidan dekabr oyigacha 1 Mbit/sekund uchun 156,24 dollardan 91,50 dollargacha arzonlashtirildi.

Опубликовано: admin (18-02-2017, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют