» » 1069 raqs tushayotgan robot yangi jahon rekordini o‘rnatdi (video)

1069 raqs tushayotgan robot yangi jahon rekordini o‘rnatdi (video)


Xitoyning WL Intelligent Technology kompaniyasi robotlar raqsi bo‘yicha jahon rekordini yangilab, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Bu haqda Insider Pro xabar bermoqda.

Guandun provinsiyasining Guanchjou shahrida uyushtirilgan raqs shousida jami 1069 robot ishtirok etdi. WL Intelligent Technology xodimlari yagona boshqaruv tizimi yordamida ularni sinxron xoreograf harakatlar bajarishga dasturlab qo‘ydi. Bir necha robot muvozanatni yo‘qotib, yiqildi, ammo raqs tushishda davom etdi. Ular umumiy hisobdan chiqarildi.

Shunga qaramay, rekord yangilandi. Oldingi natija Xitoyning Ever Win Company & Ltd kompaniyasiga tegishlidir. O‘shanda raqs shousida 1007 robot ishtirok etgan edi.

Dobi odamsimon robotlari nafaqat raqs tushishni, balki gapirishni, tays­zi bilan shug‘ullanishni, shuningdek, boshqa harakatlarni bajarishni biladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (23-08-2017, 00:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют