» » Foto: Bosh vazir o‘rinbosarligidan ketgan “O‘zavtosanoat” rahbari Ulug‘bek Ro‘ziqulov va futbol

Foto: Bosh vazir o‘rinbosarligidan ketgan “O‘zavtosanoat” rahbari Ulug‘bek Ro‘ziqulov va futbol


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 23-avgustdagi farmoniga muvofiq, “O‘zavtosanoat” kompaniyasi rahbari Ulug‘bek Ro‘ziqulov bosh vazir o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Manbalar bergan ma’lumotga ko‘ra, Ulug‘bek Ro‘ziqulov — futbol ixlosmandi va o‘zi ham futbol o‘ynab turadi. Xususan, u turli yillarda “Paxtakor” va “Bunyodkor” faxriylari safida to‘p surgan.

Qayd etish joiz, 12-sentabr kuni O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi (O‘FF)ga yangi prezident saylanishi kutilmoqda. Hozircha nomzodlar nomi e’lon qilinganicha yo‘q.

Avvalroq “Kun.uz” nashri aynan Ulug‘bek Ro‘ziqulov O‘FF prezidenti lavozimida senator Mirabror Usmonovni almashtirishi, Azamat Abduraimov esa O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (23-08-2017, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 96) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют