» » Ingushetiyadagi jangarilar yo‘q qilingan uyda portlash sodir bo‘ldi

Ingushetiyadagi jangarilar yo‘q qilingan uyda portlash sodir bo‘ldi


Ingushetiyaning Malgobek tumanidagi Psedax qishlog‘ida huquq-tartibot idoralari vakillari jangarilar guruhini yo‘q qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 3 nafar jangari o‘ldirildi. Operatsiya davomida tinch aholi va kuch tizimi xodimlaridan hech kim jabrlanmadi.

23-avgust, dushanba kuni Psedax qishlog‘ida aksilterror operatsiyasi tartibi joriy etildi. Tekshiruv davomida aniqlangan va harbiylarga qarata o‘q uzgan jangarilar yo‘q qilindi. Otishma chog‘ida jinoyatchilar yashiringan uyda kuchli portlash ro‘y berdi. Bino to‘liq vayron bo‘ldi.

Milliy aksilterror qo‘mitasiga ko‘ra, yo‘q qilingan terrorchilar orasida politsiyachilarni o‘ldirish va FXX boshqarmasi binosi o‘qqa tutilishiga aloqador bo‘lgan Malgobek jinoiy guruhi yetakchisi va a’zolari bo‘lgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (23-08-2017, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют