» » OAV: Kataloniya Ispaniya politsiyasi teraktlarni taftish qilishiga yo‘l qo‘ymayapti

OAV: Kataloniya Ispaniya politsiyasi teraktlarni taftish qilishiga yo‘l qo‘ymayapti


Ispaniya fuqarolik gvardiyasi xodimlari birlashgan uyushmasi va politsiyachilar ittifoqi qo‘shma bayonot tayyorlab, unda Kataloniya huquq-tartibot organlari ularni teraktlarni taftish qilishga aralashtirmayotganini bildirib o‘tdi. Bu haqda El Pais xabar bermoqda.

Bayonotda bildirilishicha, kataloniyaliklarning bunday xatti-harakatlari siyosiy sababga ega. Barselonadagi terrorchilik hujumlari taftishini Ispaniya politsiyasi yoki fuqarolik gvardiyasi olib borishi lozimligiga qaramay, mintaqaviy ma’muriyat amalda bunga yo‘l qo‘ymayapti.

“Bu bitta maqsad bilan amalga oshirilmoqda: Kataloniya — alohida davlatligi tashqi dunyoga ko‘rsatish maqsadida”, — qayd qilinadi hujjatda.

Murojaat mualliflari Ispaniya siyosiy yetakchilarini mintaqaviy hokimiyatni bo‘sh qo‘ygani bunga sabab bo‘layotganini alohida qayd qilib o‘tdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (23-08-2017, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 35) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют