» » Isroil kontrrazvedkasi IShID safida yahudiylar jang qilayotganini aniqladi

Isroil kontrrazvedkasi IShID safida yahudiylar jang qilayotganini aniqladi


IShID safida Isroil fuqarosi bo‘lgan kamida ikki etnik yahudiy jang qiladi. Bu haqda mamlakatning “Shin Bet” kontrrazvedka xizmati manbalariga tayanib, The Times of Israel ma’lum qildi.

Maxsus xizmat xodimlariga ko‘ra, gap Lod shahridan bo‘lgan 32 yoshli Aleks ismli erkak va Ashdodlik 28 yoshli ayol haqida ketmoqda. Ularning ikkisi ham sobiq Ittifoqda tug‘ilgan, bolaligida Isroilga ko‘chib o‘tgan va shu yerda o‘sgan.

Keyinchalik ikkisi ham islomni qabul qilib, IShID tarafida jang qilish uchun Suriyaga jo‘nagan.

Hozirda IShID safida bo‘lgan 19 nafar Isroil fuqarosi shaxsi aniqlangan, ular asosan arablardan iborat. Ulardan biri yaqinda halok bo‘ldi, qolganlarini fuqarolikdan mahrum etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-08-2017, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 117) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют