» » Foto: Samarqanddagi Islom Karimov maqbarasini pardozlash ishlarida hind ustalari qatnashmoqda

Foto: Samarqanddagi Islom Karimov maqbarasini pardozlash ishlarida hind ustalari qatnashmoqda


Samarqandda O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning maqbarasini bunyod etish va uning haykalini o‘rnatish ishlari yakuniy bosqichga kirgan. Bu haqda samarqandlik jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullayev o‘z blogida ma’lum qilgan.

Xabar berishlaricha, qurilish va obodonlashtirish ishlari tun-u kun davom etmoqda: uch smenada 2 mingdan ziyod ishchi mehnat qilmoqda.

Mavzuga doir: Foto: Samarqanddagi Islom Karimov haykali 2-sentabrga qadar ochiladi

Xabar berishlaricha, maqbarani tashqi pardozlash ishlari qariyb yakuniga yetgan, faqat gumbaz qismida ozgina ish qolgan. Maqbaraning ichki qismida esa ish qizg‘in.

Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Olim Ochilovning so‘zlariga ko‘ra, bu yerda hindistonlik ustalar ish olib bormoqda, maqbarada foydalanilgan qimmatbaho toshlar ham Hindistondan olib kelingan.

Qolgan barcha ishlar mahalliy ustalar tomonidan bajarilmoqda. Yog‘och o‘ymakorligi bilan bog‘liq barcha ishlar O‘zbekiston xalq ustasi Nasrullo Sohibnazarov va Mirjalol Asadov tomonidan shogirdlari bilan birga, shuningdek, qo‘qonlik Muhammadamin ishtirokida bajarilmoqda.

Ganch o‘ymakorligi bo‘yicha ishlar O‘zbekiston xalq ustasi Mansur Murodov g‘amda Amriddin Najmiyev tomonidan bajarilmoqda. Mayolika va mozaika montaji bilan Rahmon Tohirov boshchiligidagi guruh shug‘ullanmoqda. Devorlarni naqshlash ishlarida O‘zbekiston xalq ustasi Abdug‘ani Karimov boshchiligidagi 68 kishi band.

Maqbara qurilishi bilan birga uning atrofida ham katta hajmdagi ishlar bajarilmoqda, xususan, maqbaraga keladigan ko‘plab tashrif buyuruvchilar uchun qulayliklar, shart-sharoitlar hozirlanmoqda.

Maqbara atrofida ayvon bunyod etilgan, maqbara yonida joylashgan Hazrati Xizr masjidi restavratsiya qilinmoqda. Shohi Zinda va Hazrati Xizr qabristonlari devorlari yangi ko‘rinish olmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-08-2017, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют