» » AQSh Venesuelaga nisbatan sanksiyalarni keskinlashtirish niyatida

AQSh Venesuelaga nisbatan sanksiyalarni keskinlashtirish niyatida


AQSh yangi cheklov choralarini qo‘llash orqali Venesusela hukumatiga iqtisodiy bosimni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens Mayamidagi chiqishida ma’lum qildi, deb xabar berdi “Kommersant”.

“AQSh Maduro va uning atrofidagilarga qarshi yo‘naltirilgan maqsadli sanksiyalarining uchta raundini amalga oshirdi. Bu kabi sanksiyalar yanada ko‘payadi”, — deya vitse-prezident so‘zlaridan parcha keltiradi “RIA Novosti”. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Karakasga nisbatan bosimlarni Nikolas Maduro erkin va adolatli saylovlarni o‘tkazmaguniga, shuningdek, o‘z xalqiga nisbatan tazyiqlarni to‘xtatmaguniga qadar davom ettiradi.

The Wall Street Journal ma’lumotlariga ko‘ra, Amerika hukumati tomonidan Venesuela hukumatiga tegishli qog‘ozlar savdosini taqiqlash, bundan tashqari Petr?leos de Venezuela SA neft kompaniyasi bilan bitimlardan voz kechish kabi choralari ko‘rib chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyining boshida Nikolas Maduro Konstitutsiyaviy Assambleyani (KA) tashkil etish bo‘yicha qaror ustida ish boshlagandi.  KAning tashkil etilishiga Venesuela muxolifat vakillari va xorijiy davlatlar, jumladan, AQSh, Argentina, Braziliya qarshilik bilan chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan haftada AQSh Venesuela fuqarolariga viza taqdim etilishiga cheklov qo‘ygan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-08-2017, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют