» » Rossiyadagi trassada O‘zbekistonning yuk mashinasi bir kishini urib ketdi

Rossiyadagi trassada O‘zbekistonning yuk mashinasi bir kishini urib ketdi


Rossiyaning Chelyabinsk viloyatidagi M-5 trassasida 23-avgust, chorshanba kuni tirkamali MAN yuk mashinasi haydovchisi Kandabulak qishlog‘ida yashovchi 19 yoshli fuqaroni bosib ketdi, deb yozadi “1news.uz”. Olgan jarohatlari tufayli piyoda voqea joyida halok bo‘ldi.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, yuk mashinasini 48 yoshli O‘zbekiston fuqarosi, Namangan viloyatida yashovchi Saidxonov boshqargan.

YTHga piyodaning qorong‘i paytda yo‘lning yuk mashinasi o‘tayotgan tomonida harakatlangani sababchi bo‘lgan.

Politsiya tergovgacha tekshiruv ishlarini boshladi, uning natijalariga ko‘ra, jinoiy ish qo‘zg‘atish haqidagi masala hal qilinadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-08-2017, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют