» » 12 yoshli Nodirbek Abdusattorov Abu-Dabida grossmeysterlik talabining ikkinchisini bajardi

12 yoshli Nodirbek Abdusattorov Abu-Dabida grossmeysterlik talabining ikkinchisini bajardi


O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov grossmeysterlik uchun ikkinchi qadamni tashladi. Bu haqda “Olamsport” nashri Uzbekistan 24 ga asoslanib xabar berdi.

Grossmeyster maqomiga erishishning 3 ta sharti bor. Abdusattorov uning birinchisini Sankt-Peterburgdagi musobaqada bajarishga erishgan bo‘lsa, ikkinchi qadamni Abu-Dabida tashladi. Dunyoning 33 mamlakatidan tashrif buyurgan 124 shaxmatchi ishtirok etgan musobaqada Nodirdek birorta ham partiyani mag‘lubiyat bilan yakunlamadi.

U dona surgan 9 uchrashuvning 5 tasida g‘olibni aniqlab bo‘lmadi. Yana 4 tasida o‘zbekistonlik shaxmatchining qo‘li baland keldi. Yakunda 6,5 ochko to‘plagan Nodirbek Abdusattorov musobaqani 8-o‘rinda tugatishga muvaffaq bo‘ldi. U jamg‘argan 2608 ball bu borada grossmeysterlikning 2-talabi uchun yetarli bo‘ldi.

Abu-Dabidagi turnirda bir qator grossmeysterlar ishtirok etgandi. Shulardan 5 nafari turnirning eng yosh ishtirokchisi bo‘lgan Nodirbekka qarshi dona surdi va birortasi ham zafar qucha olmadi. Grossmeysterlarning 2 nafarini taslim qilgan sportchi, yana 3 nafari bilan durang qayd etdi.

Uzbekistan 24 kanalining ma’lumot berishicha, 12 yoshida grosseymeysterlik talabini bajarish faqatgina rossiyalik Sergey Karyakinga nasib qilgan. Nodirbek Abdusattorov Kuala-Lumpurda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi musobaqada 3-talabni bajarib, grossmeysterga aylanishi kutilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-08-2017, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют