» » “Kiyinishidan viloyatlikka o‘xshash shaxs”ni qidirgan Toshkent IIBB, jurnalistlarni “qishloqi” deb atagan O‘FF xodimi, Nurafshonga aylangan To‘ytepa va kunning boshqa muhim xabarlari

“Kiyinishidan viloyatlikka o‘xshash shaxs”ni qidirgan Toshkent IIBB, jurnalistlarni “qishloqi” deb atagan O‘FF xodimi, Nurafshonga aylangan To‘ytepa va kunning boshqa muhim xabarlari


25-avgustning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Toshkent shahar IIBB: Biz fuqarolarni “viloyatlik” deb toifalamaymiz. Bu shunchaki tushunmovchilik. Toshkent IIBBning fotomateriali ijtimoiy tarmoqlarda keskin norozilikka sabab bo‘ldi.

2. Prezident farmoni bilan bir qator o‘zbekistonliklar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Masalan, kirillni birinchi darajali, lotinni ikkinchi darajali alifbo qilish taklifi bilan Prezidentga maktub yozgan Shuhrat Rizayev “Do‘stlik ordeni” bilan taqdirlangan.

3. To‘ytepa shahri nomi Nurafshon shahri deb o‘zgartirildi. Avvalroq Senat To‘ytepani Toshkent viloyatining ma’muriy markazi etib belgilash haqidagi taklifni ma’qullagan edi.

4. Futbol jurnalistlarini haqorat qilgan O‘FF xodimi rasman kechirim so‘rashga majbur bo‘ldi. Jamoatchilik uning ishdan bo‘shatilishini talab qilgan edi.

5. Ozodbek Nazarbekov “Yoshlar” teleradiokanalidagi faoliyatini davom ettiradi, ammo boshlovchilik qilmaydi. Uning aytishicha, uning telekanal rahbarligidan ketishi noto‘g‘ri talqin qilingan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-08-2017, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют