» » Xitoy KXDR fuqarolari va kompaniyalariga mamlakatda yangi biznes ochishni taqiqladi

Xitoy KXDR fuqarolari va kompaniyalariga mamlakatda yangi biznes ochishni taqiqladi


Xitoy BMT Xavfsizlik kengashining rezolyutsiyasini bajaraish doirasida KXDR fuqarolari va kompaniyalariga Xitoyda yangi biznes ochish yoki mavjudlarini kengaytirishni taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda Xitoy Tijorat vazirligi bayonotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“Shimoliy Koreyadagi tashkilotlar yoki yakka shaxslarga mamlakatda xitoyliklar va xorijliklar ishtiroki, jumladan, ularning sarmoyasi yordamida yangi kompaniya ochish, mavjudlarini kengaytirish taqiqlanadi”, — deyiladi bayonotda.

Shuningdek, Tijorat vazirligining xabar berishicha, KXDRga investitsiya kiritish va mavjudlarini kengaytirish bo‘yicha rezolyutsiyani buzadigan so‘rovlarga ijobiy javob qaytarilmaydi.

BMT Xavsizlik kengashi 5-avgust kuni bir ovozdan KXDRga nisbatan sanksiyalarni kuchaytiruvchi 2371-rezolyutsiyasini qabul qilgan edi. U Shimoliy Koreyadan temir, temir rudasi, qo‘rg‘oshin, ko‘mir va dengiz mahsulotlari importini taqiqlaydi, KXDR tashqi savdo banki hisoblarini muzlatib qo‘yadi, BMT rezolyutsiyasini buzgan Shimoliy Koreya dengiz kemalarining boshqa barcha davlatlarga kirishi taqiqlanadi.

BMTga a’zo davlatlar o‘z hudularida Shimoliy koreyalik ishchilar sonini ko‘paytirmaslikka, KXDR bilan yangi qo‘shma korxonalar ochmaslikka va mavjudlarini kengaytirmaslikka majbur.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (26-08-2017, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют