» » Akmal Saidov “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi

Akmal Saidov “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi


O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi Akmal Saidov “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqdagi tegishli farmon O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 26-avgust, shanba kuni imzolangan. Farmon matni Prezident saytida e’lon qilingan.

Hujjatga ko‘ra, Akmal Saidov O‘zbekiston “mustaqilligini mustahkamlash,… barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlardagi faol ishtiroki,… jamiyatimizda millatlararo do‘stlik va totuvlikni qaror toptirish hamda yosh avlodni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi katta xizmatlari uchun” mukofotlangan.

Mukofotlanganlarning to‘liq ro‘yxati bilan bu yerda tanishish mumkin.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlarini mukofotladi

Ma’lumot uchun, 58 yoshli Akmal Saidov 2007 va 2015-yilgi O‘zbekiston Prezidenti saylovida prezidentlikka nomzod sifatida qatnashgan. Yuridik fanlari doktori, professor Saidov ayni vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi sanaladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-08-2017, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют