» » Tohir Malik “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi, Ibrohim G‘afurov “O‘zbekiston san’at arbobi” bo‘ldi

Tohir Malik “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi, Ibrohim G‘afurov “O‘zbekiston san’at arbobi” bo‘ldi


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos olim Ibrohim G‘afurov “O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar bermoqda.

Ibrohim G‘ofurov va boshqa bir guruh adabiyotshunos olimlar, publitsistlar, yozuvchi va shoirlar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 25-avgustdagi farmoni bilan faxriy unvonlar va ordenlar bilan taqdirlangan.

Mavzuga doir: Quddus A’zam “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi

Xususan, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos olim Baxtiyor Nazarov “O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoni bilan, shoir Baxtiyor Genjemuratov esa “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan mukofotlangan.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik hamda Yozuvchilar uyushmasi a’zolari — shoir Mirpo‘lat Mirzo “Mehnat shuhrati” ordeni bilan, publitsist Ahmadjon Meliboyev, yozuvchilar Asad Asil, Erkin Samandar, shoirlar Ismoiljon Mirzamahmudov, Farida Bo‘tayeva “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

Prezident tomonidan mukofotlanganlarning to‘liq ro‘yxati bilan bu yerda tanishish mumkin.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (25-08-2017, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют