» » IIBB: Toshkentga transport vositalarining kirishi bilan bog‘liq cheklov faqat yuk mashinalariga taalluqli

IIBB: Toshkentga transport vositalarining kirishi bilan bog‘liq cheklov faqat yuk mashinalariga taalluqli


O‘zbekiston Mustaqilligi bayrami arafasida va bayram tantanalari kunlari Toshkent shahriga kirish cheklovi faqat yuk tashuvchi transport vositalariga taalluqli.

Bu haqda 26-avgust, shanba kuni Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibining tayyorgarligiga bag‘ishlangan tadbir doirasida IIBB boshlig‘ining xizmat bo‘yicha o‘rinbosari Baxtiyor Oxunov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Blokpostlarda nazorat-o‘tkazish punkti tartibi o‘rnatiladi, har bir yuk mashinasi tekshiriladi. Ba’zi yuk mashinalarining shaharga kirishi vazirlik va idoralarning qarorlariga muvofiq cheklanadi. Yo‘lovchi transporti, xususan, avtobuslarning shaharga kirishi davom etadi. Bu transport vositalari to‘xtatiladi, tekshiriladi va o‘tkazib yuboriladi.

Baxtiyor Oxunov, Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari

Asosiy tekshiruv ishlari raqamlarni tanish bo‘yicha maxsus tizimlari yordamida amalga oshiriladi.

“Bunday tizimlar shaharga kirish postlarining barchasiga o‘rnatilgan. Agar mashina o‘g‘irlangan yoki jarimaga tortilgan bo‘lsa, biz bu haqda baza bo‘yicha signal olamiz”, — dedi Baxtiyor Oxunov.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-08-2017, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют