» » Vatikan davlat kotibi terrorchilar Rim papasiga hujum qilishni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qildi

Vatikan davlat kotibi terrorchilar Rim papasiga hujum qilishni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qildi


Vatikan davlat kotibi Pyetro Parolin terrorchilar Rim papasi Fransiskka hujum qilishni rejalashtirgani haqida ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Parolinning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, unga papa Fransisk terrorchilarning keyingi nishoni ekani haqidagi videoyozuv yetib kelgan.

Associated Press agentligining aniqlik kiritishicha, IShID tarafdorlari tomonidan yuritiladigan Telegram-kanalda e’lon qilingan boshqa bir videoda navbatdagi teraktlar Italiyada o‘tkazilishi ta’kidlangan.

Davlat kotibining aytishicha, videoyozuv uni xavotirga solgan, biroq, Parolinning qayd etishicha, Vatikandagi xavfsizlik xizmatlarining tayyorgarligi juda yuqori darajada.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-08-2017, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют