» » Amerikalik o‘smir Rim papasiga suiqasd uyushtirish uchun mergan yollashga uringanini tan oldi

Amerikalik o‘smir Rim papasiga suiqasd uyushtirish uchun mergan yollashga uringanini tan oldi


Amerikalik o‘smir 2015-yil sentabrida Filadelfiyaga tashrifi chog‘ida Rim papasi Fransiskka suiqasd uyushtiradigan “terrorchilarga moddiy yordam berish”ga uringanini tan oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

NBC telekanaliga ko‘ra, Nyu-Jersi shtatidan bo‘lgan Santos Kolon Rim katolik cherkovi peshvosiga IShID nomidan hujum uyushtirish niyatida bo‘lgan. Buning uchun o‘sha paytda 15 yoshda bo‘lgan Kolon snayper xizmatidan foydalanishni rejalashtirgan.

Buning uchun u snayper deb o‘ylagan kishi bilan bog‘langan, biroq u FQB xodimi bo‘lib chiqadi. O‘smir snayper harakatlaridan so‘ng hodisa joyi yaqinida portlash uyushtirishni mo‘ljallagan edi.

Santos Kolon 2015-yilda hibsga olingan. Unga 15 yil qamoq jazosi berilishi va 250 ming dollar jarimaga tortilishi mumkin.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-04-2017, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют