» » IShID Mosul g‘arbida snayper ayollarni ishga soldi

IShID Mosul g‘arbida snayper ayollarni ishga soldi


IShID guruhi Mosulning g‘arbiy qismidagi Iroq harbiylariga qarshi snayper ayollar otryadini ishga soldi. Bu haqda As Sumaria telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Telekanalning ma’lum qilishicha, IShIDning snayper ayollari Mosulning jangarilar nazorati ostidagi tumanlarida binolar tomidagi pozitsiyalarni egallagan va hukumat kuchlari pozitsiyalarini nishonga olmoqda.

IShID dala qo‘mondonligi G‘arbiy Mosulda Iroq harbiylarining operatsiyalari davomida ko‘p sonli snayperlarini yo‘qotganligi uchun ayol o‘qchilarni jalb etishga qaror qilgan.

Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, Mosul g‘arbiy dahalarining 30 foizga yaqini radikallar nazorati ostida qolmoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (3-04-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют