» » Bangladeshda IShID zimmasiga olgan portlash 6 kishining umriga zomin bo‘ldi

Bangladeshda IShID zimmasiga olgan portlash 6 kishining umriga zomin bo‘ldi


Bangladesh shimoli-sharqida 26-mart, yakshanba kuni xudkush terrorchi armiya nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida portlovchi qurilmani harakatga keltirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Portlash oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi.

Hodisa Hindiston bilan chegaradagi Silxet viloyati aeroporti hududida ro‘y berdi. Qurbonlarning ikki nafari huquq-tartibot idoralari xodimlari ekanligi bildirilmoqda.

Hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (26-03-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют