» » Belarusda mamlakat prezidentligiga sobiq nomzod Nikolay Statkevich hibsga olindi

Belarusda mamlakat prezidentligiga sobiq nomzod Nikolay Statkevich hibsga olindi


Belarus milliy kongressi yetakchisi va mamlakat prezidentligiga sobiq nomzod Nikolay Statkevich hibsga olindi. Bu haqda uning turmush o‘rtog‘i Marina Adamovich ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

“Nikolay 26-avgust, shanba kuni uyimiz yaqinida, uchrashuvga ketayotganida hibsga olindi. U Minskning Okrestina ko‘chasidagi vaqtinchalik saqlash izolyatoriga yetkazildi”, — degan yozuv qoldirdi Adamovich Facebook’dagi sahifasida.

Ekspertlar hibsni Statkevichning Minskda 8-sentabr kuni o‘tkazilishi mo‘ljallangan muxolifat aksiyasida ishtirok etish rejasi bilan bog‘lamoqda. Aksiyani Belarus milliy kongressi tashkillashtirmoqda.

Statkevich 2010-yildagi prezidentlik saylovlarida Aleksandr Lukashenkoning raqibi bo‘lgandi. Saylovlar va norozilik aksiyalaridan so‘ng Statkevich besh yilni qamoqda o‘tkazdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-08-2017, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют