» » Fransiya prezidentligiga nomzodning rafiqasi hibsga olingani haqidagi xabarlar inkor etildi

Fransiya prezidentligiga nomzodning rafiqasi hibsga olingani haqidagi xabarlar inkor etildi


Fransiya prezidentligiga nomzod Fransua Fiyonning turmush o‘rtog‘i Penelopa uyda va unga nisbatan hech qanday huquqiy harakatlar amalga oshirilmagan. Bu haqda Fiyonga yaqin manba Le Figaro nashriga ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”. 

Shu tariqa Mediapart nashrining Twitter’dagi sahifasida joylashtirilgan Penelopa Fiyon go‘yo hibsga olingani haqidagi xabar inkor etildi. Fransua Fiyonning o‘zi bu borada bayonot bilan chiqishi kutilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, yanvar oxirida Fransiya prokuraturasi Penelopa Fiyon parlament deputati bo‘lgan turmush o‘rtog‘ining yordamchisi vazifasini bajarmay, maosh olib kelgani haqidagi ma’lumotlarni tekshirishga kirishdi. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-03-2017, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 118) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют