» » Britaniyada ikki yuk avtomobili va mikroavtobusning to‘qnashuvi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Britaniyada ikki yuk avtomobili va mikroavtobusning to‘qnashuvi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi


Buyuk Britaniyada ikki yuk avtomobili va mikroavtobusning to‘qnashuvi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.

Yo‘l-transport hodisasi Londondan 50 kilometr shimoli-g‘arbdagi Nyuport-Pagnell shahrida, asosiy avtomagistrallaridan birida ro‘y berdi.

Mikroavtobusdagi sakkiz kishidan to‘rt nafari halok bo‘ldi, yana to‘rt nafari, jumladan, bolakay jarohatlandi. Avariya sabablari hozircha noma’lum, biroq mikroavtobus yuk mashinalari tomonidan butkul majaqlangani aytilmoqda. Avtomagistral bir necha soatga yopilgani sababli ulkan tirbandliklar yuzaga keldi.

Yuk mashinalarining ikki haydovchisi qo‘lga olindi va hibsda saqlanmoqda. Ular avtomobillarni xavfli boshqarishda gumon qilinmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (27-08-2017, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют