» » Forbes rossiyalik mansabdorlarning eng badavlat rafiqalari reytingini tuzdi

Forbes rossiyalik mansabdorlarning eng badavlat rafiqalari reytingini tuzdi


Forbes Woman jurnali 2016-yildagi rossiyalik mansabdorlarning eng badavlat rafiqalari reytingini tuzdi, deb yozadi “RBK”. Ma’lum bo‘lishicha, ba’zi hollarda rafiqalar erlariga nisbatan yuz marta ko‘proq daromad oladi.

Reytingda birinchi o‘rinni 2,351 milliard rubl daromad bilan Tatariston prezidentining xotini Gulsina Minnixanova egalladi. U spa-salon, mehmonxona, restoran va fitnes-klublarni o‘z ichiga oluvchi bir nechta kompaniyalarga egalik qiladi. Tatariston prezidenti Rustam Minnixanovning daromadi esa 2016-yilda 7,5 million rublni tashkil etdi.

Reytingda ikkinchi o‘rinda Ulan-Ude shahar kengashi deputatining rafiqasi Raisa Bredniy joylashdi. Uning 2016-yildagi daromadi 1924 milliard rublga teng bo‘ldi, bu eri Vadim Bredniyning daromadi (903 million rubl)dan ikki karra ko‘p demakdir. Gap shundaki, Raisa Bredniy 40 dan ortiq oziq-ovqat do‘konlari, go‘shtni qayta ishlash fabrikasi, baliq zavodi, konditer sexi, restoran va fitnes-markazidan iborat “Titan” tarmog‘ini o‘z ichiga oluvchi shu nomli kompaniyaning boshqaruvchi direktoridir. Vadim Bredniyning o‘zi esa — “Titan” guruhi rahbari.

Uchinchi pog‘onani Bryansk viloyati gubernatorining turmush o‘rtog‘i Olga Bogomaz band etdi, u kartoshka ishlab chiqaruvchi “Bogomaz” fermer xo‘jaligi egadoshi. 2016-yilda uning daromadi 864 million rublni tashkil qildi va erining daromadidan 240 barobar oshib ketdi.

Reytingning to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarini tegishli ravishda “Rostex” bosh direktorining rafiqasi Yekaterina Ignatova (848 million rubl, asosiy daromad manbai — MFK banki aksiyalari) va Davlat dumasi deputati Aleksandr Nikolayevning xotini Yelena Nekrasova (646 million rubl, “Lider Grupp” xoldingiga kiruvchi kompaniyalar egadoshi) egalladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-08-2017, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют